Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
O‘zbekiston 13/06/2025 O‘zbekiston TIV va Turkiy investitsiya fondi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

O‘zbekiston TIV va Turkiy investitsiya fondi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy investitsiya fondi prezidenti Bagdad Amreyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida turkiy dunyo doirasida iqtisodiy hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish masalalari hamda Fondning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Ustuvor sohalardagi investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Vazir Saidov Turkiy investitsiya fondining yashil energetika, infratuzilmaviy rivojlanish, innovatsiyalar va barqaror o‘sish hamda mintaqaviy integratsiyani qo‘llab-quvvatlovchi boshqa yo‘nalishlardagi tashabbuslarini yuqori baholadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling