O‘zbekiston TIV rahbari Ummon Shura Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ummon Sultonligi Shura Kengashi Raisi Xalid bin Hilal al-Maavaliy bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va parlamentlararo muloqotni rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha va ochiqcha fikr almashdilar.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, taʼlim va madaniy almashinuv sohalarida sheriklik munosabatlarini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar muntazam siyosiy muloqotni davom ettirish va yuqori darajadagi o‘zaro tashriflarni tashkil etish muhimligini taʼkidladilar. Bu esa o‘zbek-ummon munosabatlarini yana-da chuqurlashtirish va davlatlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.