Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 19/02/2025 O‘zbekiston TIV rahbari Ispaniyaning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi

O‘zbekiston TIV rahbari Ispaniyaning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ispaniyaning mamlakatimizdagi yangi elchisi Rikardo Martines Vaskesning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Diplomat shuningdek, Rossiya, Turkmaniston va Armanistonda ham Ispaniya manfaatlarini ifodalaydi.

Uchrashuv davomida Baxtiyor Saidov Toshkent va Madrid o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar barqaror ijobiy dinamikada rivojlanayotganini taʼkidladi.

Shuningdek, u O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi hamkorlik salohiyati juda yuqori ekanini qayd etdi va bu imkoniyatlarni amalga oshirishda ikki mamlakat vazirliklari birgalikda faol ish olib borishlari lozimligini taʼkidladi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ispaniya elchisiga muvaffaqiyatli va samarali faoliyat tilab, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish muhimligini alohida qayd etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling