Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 14/05/2025 O‘zbekiston TIV rahbari Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlik masalasini OTD Bosh kotibi bilan muhokama qildi

O‘zbekiston TIV rahbari Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlik masalasini OTD Bosh kotibi bilan muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkiloti (OTD) Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo barcha mamlakatlar bilan har tomonlama va barqaror hamkorlikni mustahkamlashga oid dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qildilar. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkilot doirasida ilgari surilgan g‘oya va takliflarni amalga oshirish, hamda bundan keyingi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda, shuningdek, Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling