Valyuta kurslari 17/06/2025
$1 – 12715.13
UZS – -0,35%
€1 – 14730.48
UZS – 0,17%
₽1 – 161.75
UZS – 1,04%
Qidirish
Sport 10/06/2025 O‘zbekiston terma jamoasi Qatarni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi Qatarni yirik hisobda mag‘lub etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga saralash musobaqasining uchinchi bosqichi yakuniy uchrashuvida Qatar terma jamoasini ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

Temur Kapadze shogirdlari uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq o‘yin nazoratini qo‘lga olishdi va 28-daqiqaga kelib Azizbek Turgunboyevning goli bilan hisobni ochishdi. O‘yin davomida o‘zbekistonlik futbolchilar raqib darvozasi oldida bir necha xavfli vaziyatlar yaratishdi, ammo ularning hammasini golga aylantirishning iloji bo‘lmadi.

86-daqiqada Italiyaning “Roma” jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov maydon egalarining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan birinchi daqiqada esa, zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeyev burchak to‘pdan keyin raqib darvozasini ishg‘ol etib, uchrashuv natijasini belgilab berdi — 3:0 O‘zbekiston foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu bosqich yakunlanishidan bir tur oldinyoq o‘z tarixida ilk bor jahon chempionati finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

2026 yilgi Mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanada hududlarida bo‘lib o‘tadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling