O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi hal qiluvchi uchrashuvlariga tayyorgarlikni boshladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi 2025 yil 28 maydan boshlab navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlumotiga ko‘ra, 29 maydan jamoa BAAda tayyorgarlikni davom ettiradi.
Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi doirasida 5 iyun kuni terma jamoamiz BAAga qarshi safar uchrashuvini, 10 iyun kuni esa Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Qatarga qarshi bellashuvni o‘tkazadi.
O‘zbekiston terma jamoasiga final bosqichga chiqish uchun kamida bir ochko olish yetarli bo‘ladi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze yig‘in uchun quyidagi futbolchilarni chaqirgan:
Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov, Abduvohid Neʼmatov, Botirali Ergashev
Himoyachilar: Umar Eshmurodov, Rustam Ashurmatov, Xusniddin Alikulov, Abduqodir Xusanov, Farrux Sayfiyev, Xojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullayev, Abdulla Abdullayev, Islom To‘xtaxo‘jayev.
Yarimhimoyachilar: Odiljon Hamrobekov, Abbosbek Fayzullayev, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Oston Urunov, Otabek Shukurov, Abdurauf Buriyev, Akmal Mozgovoy, Ruslan Jiyanov, Xojimat Erkinov, Azizbek To‘rg‘unboyev.
Hujumchilar: Eldor Shomurodov, Igor Sergeyev.