Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
Iqtisod 03/08/2025 O‘zbekiston televizor importini qariyb 2 barobarga oshirdi

O‘zbekiston televizor importini qariyb 2 barobarga oshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 19 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 90 099 dona televizor import qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43 455 donaga yoki 93,1 % ga oshgan.

Joriy yilning dastlabki olti oyi davomida O‘zbekistonga televizor yetkazib bergan asosiy davlatlar quyidagilar bo‘ldi: Xitoy — 63 447 dona, Vyetnam — 10 240 dona, Qozog‘iston — 7 410 dona, Indoneziya — 5 652 dona va Hindiston — 2 918 dona. Yana 432 dona televizor boshqa davlatlardan import qilingan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling