Valyuta kurslari 25/06/2025
$1 – 12456.25
UZS – 0,36%
€1 – 14461.71
UZS – 1,57%
₽1 – 158.36
UZS – -0,01%
Qidirish
Iqtisod 08/03/2025 O‘zbekiston tekstil eksport hajmini oshirmoqda

O‘zbekiston tekstil eksport hajmini oshirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil yanvar oyida O‘zbekiston tekstil mahsulotlari xalqaro bozorida o‘z pozitsiyasini mustahkamlashni davom ettirdi. Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, tekstil eksporti 198,5 million AQSH dollarini tashkil etdi, bu esa mamlakat umumiy eksport hajmining 15,2%iga teng.

Eksportdagi asosiy ulush tayyor tekstil mahsulotlariga to‘g‘ri kelib, ularning qiymati 88,6 million dollarga yetdi. Shuningdek, eksport hajmida pryaja (70,9 million dollar) va trikotaj matolar (23,0 million dollar) ham salmoqli o‘rin tutadi. Bundan tashqari, xorijiy xaridorlar o‘zbek matolari (11,6 million dollar), paypoq mahsulotlari (2,7 million dollar) va gilam mahsulotlariga (1,7 million dollar) yuqori talab bildirishmoqda.

Bu raqamlar O‘zbekiston tekstil sanoatining jadal rivojlanayotganidan va xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirayotganidan dalolat beradi. Soha muvaffaqiyatlari ishlab chiqarishning modernizatsiya qilinishi, yangi texnologiyalarning joriy etilishi va mahsulot turlarining kengayishi bilan bog‘liq.

Muttaxassislar taʼkidlashicha, O‘zbekiston tekstil sanoati barqaror o‘sishni namoyon etmoqda va bu mamlakat iqtisodiyotiga valyuta tushumini oshirishga hissa qo‘shmoqda. Respublika hukumati bu sohani yana-da rivojlantirishni rejalashtirmoqda, bu esa eksport salohiyatining yana-da oshishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling