Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Eron bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Islom Respublikasi Eron Birinchi vitse-prezidentining o‘rinbosari, Muhtaram Ali Nadjafi Xushrudi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, xususan, savdo va investitsiya aloqalarini faollashtirish orqali iqtisodiy sohadagi ulkan salohiyatni to‘liq ishga solishga alohida eʼtibor qaratdilar.