Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 12/05/2025 O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduard Stiprays bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlashga qatʼiy intilish mavjudligini tasdiqladilar. Xususan, Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” Sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu sammit mintaqalararo muloqotni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lgani taʼkidlandi.

Suhbat davomida tomonlar ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar, jumladan, taʼlim, barqaror rivojlanish, suv xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, raqamlashtirish va “yashil” energetika sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, joriy xalqaro va mintaqaviy chaqiriqlar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot surʼatini saqlash va o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar siyosiy muloqotni faol davom ettirish va ishonch, ochiqlik hamda o‘zaro hurmat ruhida sheriklikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling