Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston tarvuz eksportini 67,7 foizga oshirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025 yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 29,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 130,6 ming tonna tarvuz eksport qilgan.
Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 52,7 ming tonnaga oshgan.
Eng ko‘p miqdordagi o‘zbek tarvuzlari Rossiyaga — 66 ming tonna, Qozog‘istonga — 44 ming tonna va Qirg‘iz Respublikasiga — 19 ming tonna yetkazib berilgan.
Bundan tashqari, Belarus (968 tonna), Mug‘uliston (618 tonna), Latviya (76 tonna), Gruziya (66 tonna), Polsha (61 tonna) va boshqa davlatlarga (121 tonna) ham tarvuz eksport qilingan.