Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 11/05/2025 O‘zbekiston tadbirkorlari Afg‘onistonga yo‘l oldi

O‘zbekiston tadbirkorlari Afg‘onistonga yo‘l oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 10–13 may kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov boshchiligidagi 120 nafardan ortiq tadbirkordan iborat delegatsiya Afg‘onistonning Kobul va Mozori Sharif shaharlariga xizmat safari bilan yo‘l oldi.

Ushbu tashrif Afg‘oniston bozorini chuqur o‘rganish, mahalliy ehtiyojlar va talablarga mos mahsulotlarni shakllantirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida barqaror va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilmoqda.

Delegatsiya tarkibiga qurilish materiallari, elektrotexnika, oziq-ovqat sanoati va to‘qimachilik sohalarida faoliyat yuritayotgan yetakchi ishbilarmonlar kiritilgan bo‘lib, ularning har biri Afg‘oniston bozorida o‘z o‘rnini topish va yangi sheriklar bilan hamkorlik o‘rnatish niyatida.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling