Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 20/05/2025 O‘zbekiston “Shimol – Janub” transport koalitsiyasiga aʼzo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi

O‘zbekiston “Shimol – Janub” transport koalitsiyasiga aʼzo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston xalqaro “Shimol – Janub” transport koalitsiyasiga qo‘shilish bo‘yicha rasman ariza topshirdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari, Prezidentning transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Vitaliy Savelyev KazanForum 2025 doirasida maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, mazkur qadam O‘zbekiston va butun mintaqa uchun yangi logistik imkoniyatlarni ochadi hamda mamlakatni davlatlar o‘rtasidagi muhim transport arteriyasiga bog‘lovchi yo‘l sifatida mustahkamlaydi.

Savelyev maʼlum qilishicha, faqat o‘tgan yilining o‘zida “Shimol – Janub” yo‘nalishi orqali 24 million tonna yuk tashilgan. Xususan, koridorning g‘arbiy qanoti faol rivojlanmoqda — Eron bilan hamkorlikda Resht–Astara uchastkasini qurish ishlari davom etmoqda (uzunligi 162 km).

Hozirgi vaqtda mazkur koridor bo‘yicha yuk tashish barcha turdagi transport vositalari orqali amalga oshirilmoqda: taxminan 10 million tonna temir yo‘l orqali, 6 million tonna avtomobil transportida, yana 8 million tonna esa transkaspiy yo‘nalishi orqali yetkazilgan. Savelyev taʼkidlaganidek, transport tizimining barcha elementlari yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.

“Shimol – Janub” koridori — strategik ahamiyatga ega loyiha bo‘lib, u Rossiya rahbariyati va barcha ishtirokchi davlatlar eʼtibor markazida turibdi. Butun infratuzilma yakunlangach, mazkur yo‘nalish Sues kanaliga to‘laqonli alternativaga aylanishiga ishonchimiz komil”, — dedi Savelyev.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling