Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Iqtisod 12/06/2025 O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Yaponiyaning ushbu yetakchi moliyaviy instituti ishtirokidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

JBIC mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga hissa qo‘shayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bugungi kunda qo‘shma loyihalar portfeli, shu jumladan neft-kimyo, to‘qimachilik sanoati, energetika, axborot texnologiyalari, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlarda qariyb 4 milliard dollarga yetdi.

Yangi uch yillik hamkorlik dasturi doirasida Yaponiya kompaniyalari ishtirokida "yashil" energetika, IT, transport va sog‘liqni saqlash sohalarida kooperatsiya loyihalarini tez fursatda tayyorlash va ilgari surish muhim ekani ta’kidlandi.

O‘zbekistonda Yaponiya xalqaro universitetini ochish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Muzokaralar yakunida kompleks "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling