Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 24/07/2025 O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg bilan o‘zaro manfaatli hududlararo hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg bilan o‘zaro manfaatli hududlararo hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Aleksandr Beglov davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston hududlarining Sankt-Peterburg shahri bilan ikki tomonlama amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlarni qabul qilishga alohida e’tibor qaratildi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling