Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Sport 26/05/2025 O‘zbekiston Prezidenti Jahon triatlon ittifoqi bilan hamkorlikni kengaytirish rejalarini olqishladi

O‘zbekiston Prezidenti Jahon triatlon ittifoqi bilan hamkorlikni kengaytirish rejalarini olqishladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi.

Ushbu nufuzli global tashkilot bilan mazkur sport turini ommalashtirish va O‘zbekistonda milliy triatlon maktabini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda triatlon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Milliy federatsiya faoliyat ko‘rsatmoqda, muntazam ravishda xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda, o‘zbekistonlik sportchilar qit’a va jahon reytinglarida o‘z o‘rinlarini mustahkamlab bormoqda.

Sportchilar, murabbiylar, hakamlar va sport menejerlarini tayyorlash, zamonaviy infratuzilmani yaratish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va ekspert ko‘magi dasturlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling