O‘zbekiston Pokistonda savdo markazini ochdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokida Lahor shahrida "O‘zbekiston savdo uyi"ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Lahor shahri maʼmuriyati, yirik ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.
Ushbu savdo uyi ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo va hamkorlikni yana-da faollashtirishga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan, hurmatli tadbirkorlar!
Joriy yilning 25 iyun kuni Karachi shahrida O‘zbekiston va Pokiston ishbilarmonlari o‘rtasida biznes-forum o‘tkaziladi.
Ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga barcha tadbirkorlarni taklif qilamiz va “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJning qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalariga xorijdan malakali dizaynerlar, texnologlar, marketologlar, sifat nazoratchilari va agronomlarni jalb qilish xarajatlarini qoplash imkoniyatidan foydalanishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.