Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 14/05/2025 O‘zbekiston Milliy ijtimoiy himoya agentligi va Qatar Davlati o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Milliy ijtimoiy himoya agentligi va Qatar Davlati o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rasmiy uchrashuv doirasida O‘zbekiston Milliy ijtimoiy himoya agentligi direktorining o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev Qatar Davlati Vaqflar va islom ishlari vazirining o‘rinbosari Muhammad bin Hamad Al-Qavari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar ijtimoiy himoya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildilar. Ayniqsa, bir oy muqaddam amalga oshirilgan Qatar Vaqflar va islom ishlari vaziri Ganem bin Shahin bin Ganem Al-Ganimning O‘zbekiston Milliy ijtimoiy himoya agentligiga rasmiy tashrifi chog‘ida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilishga alohida eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar natijasida ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlamlari uchun xizmatlar sifatini oshirish, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun taʼlim va reabilitatsiya imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar taʼkidladilarki, ushbu sohadagi hamkorlik nafaqat ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga, balki inklyuziv ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirishga, shuningdek, O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni tajriba va ilg‘or amaliyotlar almashuvi orqali mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling