Valyuta kurslari 25/06/2025
$1 – 12456.25
UZS – 0,36%
€1 – 14461.71
UZS – 1,57%
₽1 – 158.36
UZS – -0,01%
Qidirish
Iqtisod 25/06/2025 O‘zbekiston korxonalari tomonidan 375,0 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi

O‘zbekiston korxonalari tomonidan 375,0 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston korxonalari tomonidan 375,0 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. 2024 yilning shu davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning real o‘sish indeksi 106,4% ni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

2025 yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, respublikada 57,7 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.

Asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush – 11,7 mingtasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 20,2 % i) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 8,4 mingtasi (14,5 %) boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 5,8 mingtasi (10,1 %) kiyim ishlab chiqarishga, 4,6 mingtasi (8,0 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarishga, 4,0 mingtasi (6,8 %) mebel ishlab chiqarishga, 3,6 mingtasi (6,2 %) to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishiga va 2,7 mingtasi (4,7 %) rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.

025 yilning yanvar-may oylarida respublika korxonalari tomonidan 375,0 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2024 yilning yanvar-may oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 106,4 % ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Navoiy viloyatida (63 777,9 ming so‘m), Toshkent shahrida (22 477,3 ming so‘m), Toshkent viloyatida (18 197,0 ming so‘m), Andijon viloyatida (10 762,7 ming so‘m) o‘rtacha respublika darajasi ko‘rsatkichidan (9 968,4 ming so‘m) sezilarli darajada yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, respublikada aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish surʼati 104,4 % ni tashkil etgan bo‘lsa, Jizzax viloyatida 110,5 %, Navoiy viloyatida 109,0 %, Xorazm viloyatida 107,5 % qayd etilib respublika ko‘rsatkichidan ancha yuqori natija maʼlum bo‘lmoqda.

2025 yilning yanvar-may oylarida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 316,8 trln so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (84,5 %)ni tashkil etgan holda tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda 29,7 trln so‘m (7,9 %), elektr gaz bug‘ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalashda 26,4 trln so‘m (7,0 %) hamda suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilishda 2,1 trln so‘m (0,6 %)ni tashkil etdi.

2025 yilning yanvar-may oylarida respublikada 488,2 ming tonna avtomobil benzini (2024 yilning yanvar-may oyiga nisbatan 14,3 % ga kamaygan), 249,3 ming tonna ip kalava (4,2 % ga kamaygan), 441,8 ming tonna yumshoq bug‘doy va spelta uni (6,2 % ga ko‘paygan), 441,4 ming tonna dizel yoqilg‘isi (13,3 % ga ko‘paygan), 2 369,7 ming tonna ko‘mir (24,6 % ga ko‘paygan), 270,8 ming tonna neft (11,2 % ga kamaygan), 18 370,3 mln kub metr (2,9 % ga kamaygan) tabbiy gaz hamda 7 126,6 ming tonna portlandsement (15,8 % ga ko‘paygan) ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 17,7 % (2024 yilning yanvar-may oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 108,8 %), to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarishning ulushi – 16,6 % (2024 yilning yanvar-may oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 108,5 %), mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar, kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar, elektr uskunalar, boshqa toifalarga kiritilmagan mashina va uskunalar, avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar, boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish va mashina va uskunalarni taʼmirlash va o‘rnatishning ulushi – 18,6 % (2024 yilning yanvar-may oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 106,6 %) hamda kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi – 6,8 % (2024 yilning yanvar-may oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 99,4 %)ni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmoqning ulushi 1,0 % ni (2024 yilning yanvar-may oylarida 1,2 %), o‘rta-yuqori texnologiyali – 20,0 % (23,6 %), o‘rta-quyi texnologiyali – 40,3 % (38,9 %), quyi texnologiyali 38,6 % (36,3 %)ni tashkil etgan.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2025 yilning yanvar-may oylarida 58 904 dona “Cobalt” (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 % ga oshdi) 3 362 dona “Chery” (15,9 % ga kamaydi), 10 076 dona “KIA” (35,6 % ga oshdi), 38 753 dona “Damas” (24,1 % ga oshdi), 17 397 dona maxsus yengil avtomobillar (74,0 % ga oshdi), shuningdek, 18 079 dona “Tracker” (6,2 % ga kamaydi), 16 215 dona “Onix” (8,8 % ga oshdi), 2 930 dona “Haval” (12,7 martaga oshdi) va 5 495 dona “BYD” avtomobillari ishlab chiqarildi.

2025 yilning yanvar-may oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektrenergiya ishlab chiqarish 104,2 % ni, yirik korxonalar tomonidan issiqlik energiyasi ishlab chiqarish esa 88,9 % ni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan to‘qimachilik chiqindilarida 37,4 % ga ko‘payish, oqova suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlarda 8,0 % ga ko‘payish kuzatildi. Shuningdek, axlat o‘ralarni, tindirgichlarni va septiklarni bo‘shatish, tozalash va ishlov berish bo‘yicha xizmatlarda 3,1 % ga ko‘payish kuzatildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling