Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 12/04/2025 O‘zbekiston Koreya Respublikasi Davlat xaridlar xizmati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston Koreya Respublikasi Davlat xaridlar xizmati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 11-aprel kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida Koreya Respublikasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Koreya Respublikasi Davlat xaridlari xizmati rahbari Lim Kikeun boshchiligidagi delegatsiya hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Raximova boshchiligidagi vazirlik mas’ullari ishtirok etdi.

Davlat xaridlari tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida isloh qilish va ushbu sohada xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu sababli, uchrashuv doirasida Koreya Respublikasi Davlat xaridlari xizmati bilan davlat xaridlari sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Mazkur memorandumda davlat xaridlarida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishni kengaytirish, davlat xaridlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro standartlarini joriy etish orqali nazorat mexanizmlarini kuchaytirish va samaradorlikni oshirish, hamda davlat xaridlarida kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, “yashil” davlat xaridlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish nazarda tutilgan.

Koreya Respublikasining davlat xaridlari tizimi dunyoda eng ilg‘or va samarali tizimlardan hisoblanadi va ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha Italiya, Turkiya, Iordaniya kabi 30 dan ortiq davlatlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. KONEPS joriy etilishi orqali erkin va adolatli raqobatni rag‘batlantirishga va korrupsiya xavfini keskin kamaytirishga erishilgan.

Koreya Respublikasining davlat xaridlari bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasi va zamonaviy mexanizmlari O‘zbekistonda sohani yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling