Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 02/06/2025 O'zbekiston hududlari va Rossiyaning Baykal orti o'lkasi o'rtasidagi hamkorlik salohiyatini samarali amalga oshirish vazifalari belgilandi

O'zbekiston hududlari va Rossiyaning Baykal orti o'lkasi o'rtasidagi hamkorlik salohiyatini samarali amalga oshirish vazifalari belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Baykal orti o'lkasi hukumati raisi o'rinbosari Buyanto Batomunkuev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Unda, shuningdek, Baykal orti o'lkasining iqtisodiyot, qishloq xo'jaligi, ta'lim, madaniyat vazirliklari, infratuzilmaviy rejalashtirish sohalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdi.

Tomonlar agrosanoat majmui, ta'lim, madaniyat va turizm sohalarida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

O'zbekistondan Baykal orti o'lkasiga qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetkazib berish, mamlakatimizga yirik va mayda shoxli chorva mollari eksportini ko'paytirish masalalariga e'tibor qaratildi.

O'lkada kuniga 50 tagacha o'zbek meva-sabzavotlari yuklangan yuk mashinalarini qabul qiluvchi transport-logistika markazini tashkil etish tashabbusi uchrashuvning asosiy mavzusi bo'ldi. 

Shuningdek, Baykal orti o'lkasining qishloq xo'jaligi va chorvachilik majmualarida ishlash uchun O'zbekistondan malakali mutaxassislar, xususan veterinarlar, mexanizatorlar, payvandchilarni jalb qilish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

Madaniy-gumanitar sohada hamkorlikni rivojlashtirish maqsadida Chita shahrida O'zbekiston sayyohlik salohiyatini targ'ib qilishga qaratilgan tadbirlar va turli festivallarni o'tkazish taklifi qo'llab-quvvatlandi. 

Muloqot yakunida hududlararo to'g'ridan-to'g'ri sheriklikni yo'lga qo'yish, hamkorlikning aniq yo'nalishlarini belgilab olish, yurtimizdagi investitsiyaviy qo'shma loyihalar bilan bevosita tanishish maqsadida Baykal orti o'lkasi ishbilarmon doiralari vakillarining O'zbekistonga biznes-missiyani uyushtirish yuzasidan ahdlashib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling