Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 19/02/2025 O‘zbekiston-Gruziya ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Gruziya ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 18 fevral kuni videokonferensaloqa shaklida O‘zbekiston va Gruziya Savdo-sanoat palatalari hamraisligida O‘zbekiston-Gruziya ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston-Gruziya ishbilarmonlar kengashi 2023 yil 18 iyul kuni Gruziyaning Tbilisi shahrida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Yig‘ilishda tomonlar Ishbilarmonlar kengashining 2025 yildagi faoliyati, O‘zbekiston va Gruziya biznes vakillari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, biznes-missiyalarni amalga oshirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha bir qator takliflarni muhokama qildilar hamda muhim kelishuvlarga erishildi.

Muzokaralar natijalariga ko‘ra, 2025 yil may oyida Gruziya Savdo-sanoat palatasi boshchiligida Gruziya ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirildi. Tashrif doirasida ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi, qo‘shma biznes-forum, V2V uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.

2025 yil iyun oyida esa O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan o‘zbek tadbirkorlarining Gruziyaga tashrifi amalga oshirilib, Tbilisi shahrida “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Shuningdek, “Tbilisi Dry Port” hududida O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari (elektrotexnika, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, mebel) uchun shourum va omborxona tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling