Valyuta kurslari 07/08/2025
$1 – 12502.99
UZS – -0,17%
€1 – 14484.71
UZS – 0,2%
₽1 – 155.94
UZS – -0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 07/08/2025 O‘zbekiston global migratsiya jarayonlarida ishonchli hamkor sifatida eʼtirof etildi

O‘zbekiston  global migratsiya jarayonlarida ishonchli hamkor sifatida eʼtirof etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Avaza  shahrida Xalqaro migratsiya tashkilotining BMTdagi missiyasi rahbari Pyer Lilyert bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda P. Lilyert O‘zbekistonning global, xavfsiz, tartibli va doimiy migratsiya haqidagi xalqaro kelishuvlarni birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatlagan davlatlardan biri ekanini taʼkidladi. Shuningdek, 30-iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya tomonidan tashkil etilgan “Odam savdosiga qarshi kurashishda global tahdidlar: jamiyatning roli va xalqaro hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya yuqori baholandi.

Suhbat chog‘ida chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarimiz va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash, odam savdosiga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan taʼminlash hamda global migratsiya jarayonlari doirasida fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish va zarur choralar ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling