Valyuta kurslari 12/08/2025
$1 – 12589.35
UZS – -0,66%
€1 – 14656.52
UZS – -0,66%
₽1 – 157.64
UZS – -0,79%
Qidirish
Iqtisod 12/08/2025 O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Xitoy kompaniyalari biomeditsina sohasida hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Xitoy kompaniyalari biomeditsina sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Usi shahri Savdo-sanoat palatasi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamkorligida Biomeditsina va tibbiy uskunalar ishlab chiqarish sohasida hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov tomonidan O‘zbekistonda investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, soliq va bojxona imtiyozlari va farmatsevtika bo‘yicha sanoat zonalari, jumladan Tashkent Pharma Park to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Xitoy tomonidan, tibbiy uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan - Welkin Industry System Engineering, biotexnologiyalarga ixtisoslashgan - NEST Biotechnology, tibbiy diagnostika uskunalari ishlab chiqaruvchi - Wuxi BioHermes Bio&Medical Technology, tibbiy texnika ishlab chiqaruvchi - Wuxi Cansonic Medical Science&Technology, Ultratuvushli diagnostika uskunalari ishlab chiqaruvchi - Chison Medical Technologies kompaniyalari o‘zlarining texnologik yechimlari to‘g‘risida maʼlumot almashishdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonda mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, texnologiyalar transferi va logistika zanjirlari yaratish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling