Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 28/05/2025 O‘zbekiston elektrotexnika sanoati Qatar 2025 loyihasida o‘z salohiyatini taqdim etdi

O‘zbekiston elektrotexnika sanoati Qatar 2025 loyihasida o‘z salohiyatini taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 27-may kuni, Qatar davlatining Doha shahrida o‘tkazilayotgan “Project Qatar 2025” xalqaro ko‘rgazmasining ikkinchi kuni davom etmoqda. Unda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari hamda uyushmaga a’zo elektrotexnika sanoati korxonalari faol ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida yurtimiz korxonalari tomonidan Arab davlatlari, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va boshqa mintaqalardan tashrif buyurgan xorijiy kompaniya va tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Ushbu muloqotlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish, eksport yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha fikrlar almashilmoqda.

Ayni paytda “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi markazlashgan stendda qatnashayotgan korxonalar o‘z mahsulotlari va texnologik imkoniyatlari haqida xorijiy mehmonlarga batafsil ma’lumot bermoqda.

Mahsulotlarning texnik sifati, innovatsion yechimlar va xalqaro standartlarga mosligi tashrif buyuruvchilar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Mazkur tadbir davomida olib borilayotgan muzokaralar yaqin kunlarda amaliy natijalar bilan yakun topishi, xalqaro hamkorlik doirasining kengayishi va elektrotexnika sanoatining global maydondagi mavqeini mustahkamlashiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ko‘rgazmaga oid muhim yangiliklar va hamkorlik tashabbuslari yuzasidan sahifamiz orqali muntazam ravishda xabardor qilib boramiz.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling