Valyuta kurslari 05/08/2025
$1 – 12621.29
UZS – -0,82%
€1 – 14596.52
UZS – 0,61%
₽1 – 158.44
UZS – -0,13%
Qidirish
Moliya 05/08/2025 O‘zbekiston eksportchilari so‘mning kuchayishiga qarshi chiqib, uni zaiflashtirish orqali eksportni qo‘llab-quvvatlashni so‘radilar

O‘zbekiston eksportchilari so‘mning kuchayishiga qarshi chiqib, uni zaiflashtirish orqali eksportni qo‘llab-quvvatlashni so‘radilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4 avgust kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan eksportchi korxonalar bilan ochiq muloqot chog‘ida o‘zbek eksportchilari milliy valyutaning mustahkamlanishi ular uchun jiddiy muammolar tug‘dirayotganini bildirib, so‘mni zaiflashtirish zarurligini taʼkidladilar.

«Eksportni rivojlantirish uchun faqat soliq va boshqa imtiyozlar bilan cheklanmaslik kerak. Menimcha, Markaziy bank dollar kursini ushlab turishni to‘xtatishi lozim», — dedi to‘qimachilik kompaniyasi vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy valyutadagi xarajatlarning o‘sishi va dollar kursining tushishi biznes uchun jiddiy qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda. U qayd etishicha, to‘qimachilik mahsulotlari eksportda O‘zbekiston kompaniyalari Xitoy, Bangladesh va Misr bilan tannarx bo‘yicha raqobatlashmoqda. «Agar dollar kursini qo‘yib yuborsalar, eksportchilarning muammolarining 70–80 foizi hal bo‘ladi», — dedi tadbirkor.

Markaziy bank raisining o‘rinbosari Ayubxon Kamalov esa javoban, regulyator valyuta kursi shakllanishiga aralashmasligini maʼlum qildi.

«Oxirgi 2–3 oyda dollar qatiq oshib-tushyapti. Qachon tushsa, hamma sarosimaga tushadi: nega tushyapti? Qachon ko‘tarilsa, nega ko‘tarilyapti, deb so‘rashadi. Iltimos, birja bor — istagancha soting-oling», — dedi u va valyuta bilan istalgan hajmda operatsiyalar amalga oshirish uchun O‘zRVB imkoniyatlaridan foydalanishni taklif etdi.

Kamalov tadbirkorlarga dollar bo‘yicha o‘z takliflarini shakllantirib, muhokama uchun taqdim etishni tavsiya qildi.

Uchrashuv davomida Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov kerakli deb hisoblangan dollar kursini 16–17 ming so‘m miqdorida belgiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling