Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 26/02/2025 O‘zbekiston delegatsiyasi “Makkah Halal Forum 2025” forumida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi “Makkah Halal Forum 2025” forumida ishtirok etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshchiligida 60 nafardan ortiq ishbilarmon vakillari Saudiya Arabistonining Makka shahrida o‘tkazilayotgan “Makkah Halal Forum 2025” xalqaro tadbirida ishtirok etmoqda.

Forum doirasida tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazmada 10 dan ortiq davlatning milliy pavilonlari o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etmoqda. Tadbirda 21 ta Savdo-sanoat palatasi rahbarlari, 120 mamlakatdan 180 ta kompaniya vakillari hamda 6 000 dan ziyod ishtirokchi qatnashmoqda.

O‘zbekiston milliy paviloni forumning eng faol ishtirokchilaridan biri bo‘lib, unda mamlakatimizning 30 ga yaqin yetakchi korxonalari o‘z mahsulot va xizmatlarini taqdim etmoqda. Milliy pavilonda oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, turizm, farmatsevtika va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha mahsulotlar va xizmatlar namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar forum ishtirokchilari o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ko‘rgazma davomida bir qator istiqbolli shartnomalar imzolanishi va yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi kutilmoqda.

Forum doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Uchrashuvlarda halol mahsulotlar eksportini kengaytirish, sertifikatlash jarayonlarini soddalashtirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

Ushbu tadbir O‘zbekiston kompaniyalari uchun xalqaro bozorlarga chiqish, yangi hamkorlar topish, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va bevosita aloqalar o‘rnatish imkoniyatini yaratmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling