Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 08/04/2025 O‘zbekiston delegatsiyasi Balx viloyati tadbirkorlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Balx viloyati tadbirkorlari bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 7 aprel kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonning Balx viloyati biznes vakillari bilan uchrashdi.

Tadbir doirasida mintaqaning yetakchi tadbirkorlari va soha mutasaddilari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Afg‘oniston tomonidan Dori vositalari sotuvchilari uyushmasi raisi Ho‘ja Mirvays Ahmadiy, Balx viloyati Savdo-sanoat palatasining xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Hoji Qalandar Rahimiy, Balx viloyati Savdo-sanoat palatasi kengashi aʼzosi, yirik tadbirkor Muhammad Turobiy, Sanoat va geologiya bo‘yicha Shimoliy palata raisi Sanoizoda Rais, Qishloq xo‘jaligi palatasi raisi Zaynullo Rais qatnashdi.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, xususan, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, qurilish va sanoat sohalaridagi imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida afg‘on ishbilarmon doiralari vakillari 8 aprel kuni Termizda bo‘lib o‘tadigan “Made in Uzbekistan” ko‘rgazma-yarmarkasiga taklif etildi.

Tadbir ular uchun O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va o‘zaro manfaatli sheriklikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling