O‘zbekiston BOE Technology Group bilan displey texnologiyalari sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyga amalga oshirilayotgan ishchi tashrif doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi delegatsiya BOE Technology Group kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.
BOE Technology Group — displey va yarimo‘tkazgich texnologiyalari bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, kompaniya global sanoat zanjirida muhim o‘rin egallaydi.
Uchrashuv chog‘ida elektron komponentlar, displey texnologiyalari va ilg‘or ishlab chiqarish yechimlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekistonda zamonaviy elektronika qismlarini ishlab chiqarish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, texnologik transfer va mahalliylashtirish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashildi.