Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
O‘zbekiston 31/05/2025 O‘zbekiston Adliya vaziri Ozarbayjonlik hamkasbi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Adliya vaziri Ozarbayjonlik hamkasbi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov Ozarbayjon Respublikasi Adliya vaziri Farid Axmedov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona va strategik munosabatlarni mustahkamlash hamda rivojlantirish niyatini tasdiqladilar.

Suhbat chog‘ida adliya sohasidagi hamkorlikning hozirgi natijalari va istiqbollari, shuningdek, qo‘shma saʼy-harakatlarni yana-da muvofiqlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi, u quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi: normativ-huquqiy hujjatlarning taʼsirini baholash, yuridik kadrlar malakasini oshirish, notarial faoliyatni takomillashtirish, shuningdek, huquqiy sohada raqamlashtirish va sunʼiy intellektni joriy etish bo‘yicha tajriba almashish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling