Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston 8 860 tonna pomidor eksport qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning yanvar–aprel oylari davomida O‘zbekiston 8 860 tonna pomidor eksport qilib, 10,3 million AQSH dollari miqdorida daromad oldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.
Eksport qilingan mahsulotlarning asosiy qismi Rossiyaga yuborilgan — 8 031 tonna.
Qo‘shni Qirg‘izistonga 379 tonna, Qozog‘istonga 329 tonna pomidor yetkazib berilgan. Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari 89 tonna, Belarus esa 11 tonna o‘zbek pomidorini xarid qilgan.
Boshqa davlatlar hissasi esa 21 tonnani tashkil etgan.