Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 04/04/2025 O‘zbekiston 5,8 ming tonna choy import qildi

O‘zbekiston 5,8 ming tonna choy import qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 5,8 ming tonna choy import qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qilmoqda. Import qilingan choyning umumiy qiymati 8,5 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Eng ko‘p choy quyidagi davlatlardan olib kirildi:

Xitoy — 4720,5 tonna

Eron — 360,3 tonna

Keniya — 160,6 tonna

Rossiya — 130,9 tonna

Hindiston — 99 tonna

BAA — 72,6 tonna

Maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston bozorida asosiy ulushni xitoy choyi egallab kelmoqda. Shu bilan birga, Eron, Hindiston va boshqa mamlakatlardan ham choy import qilish davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling