Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston 457,2 mingta konditsioner import qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yil davomida O‘zbekiston 457,2 mingta konditsioner import qilgan. Buning umumiy qiymati 104 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
2024 yil mobaynida O‘zbekistonga konditsioner yetkazib bergan asosiy mamlakatlar quyidagilar bo‘ldi:
Xitoy — 443,9 ming dona
Turkiya — 5,2 ming dona
Qozog‘iston — 3,7 ming dona
Italiya — 1,1 ming dona
Shuningdek, mamlakat 943 dona konditsionerni Tailanddan va 2,4 ming donani boshqa davlatlardan import qilgan.