Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 25/04/2025 “O‘zatom” va Xitoy Eksimbanki O‘zbekistonda AES qurilishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qildi

“O‘zatom” va Xitoy Eksimbanki O‘zbekistonda AES qurilishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Atom energiyasi agentligi direktori Azim Axmedxadjayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi. 25- aprelgacha davom etadigan tashrif atom energiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi loyihasini amalga oshirishning asosiy jihatlarini muhokama qilishga qaratilgan.

Tashrifning intensiv dasturi doirasida direktor Azim Axmedxadjayev Xitoyning Eksport-Import Banki (Eksimbank) vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda AES qurilishi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Xitoydan moliyaviy resurslarni jalb qilish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda Xitoy tomonidan Yevroosiyo mintaqaviy bo‘limi rahbari Ye Linjun va O‘zbekiston bilan hamkorlik yo‘nalishi uchun mas'ul Go Mo ishtirok etdilar.

Bundan avvalroq tashrif doirasida CNOS (CNNC) va Shanghai Electric kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu uchrashuvlarda texnologik hamkorlik masalalari va atom energiyasi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilingan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling