Valyuta kurslari 06/08/2025
$1 – 12524.89
UZS – -0,76%
€1 – 14456.23
UZS – -0,96%
₽1 – 156.54
UZS – -1,2%
Qidirish
Iqtisod 06/08/2025 "O‘zatom" BelAESning muvaffaqiyatli tajribasini o‘rganmoqda

"O‘zatom" BelAESning muvaffaqiyatli tajribasini o‘rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 5-6-avgust kunlari "O‘zatom" agentligi delegatsiyasi Belarus Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan Belarusning AES qurilishi va ekspluatatsiya bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasini har tomonlama o‘rganish, O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishini amalga oshirishda undan foydalanish maqsadida tashkil etildi.

5-avgust kuni "O‘zatom" delegatsiyasi Belarus Respublikasi energetika vaziri Denis Moroz bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar atom energetikasi sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini, jumladan, yirik atom elektr stansiyasini energiya tizimiga integratsiya qilish, jismoniy himoya tizimini yaratish bo'yicha tajriba almashish, ishlatilgan yadro yoqilg‘isi va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash, loyihalarni amalga oshirishda jamoatchilik bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston tomoni mamlakatda atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bosqichi haqida ma’lumot berdi.

Belarus tomoni AES qurilishi va ekspluatatsiyasini ta’minlash uchun infratuzilma qanday tashkil etilgani haqida ma’lumot berdi, shuningdek, vaxta shaharchasini tashkil etish, AES xodimlari uchun shahar qurish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz Belarusni Sizning amaliyotingizdan maksimal darajada foydalangan holda asosiy hamkorlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqdamiz. Biz uchun milliy sanoat korxonalari bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi, yetkazib berishni mahalliylashtirish, Belarus kompaniyalarining loyihadagi ishtiroki muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan mamlakat tajribasi muhim. Bunday tajriba O‘zbekistonda atom energetikasini qo‘llab-quvvatlashning sanoat bazasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega”, — "O‘zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev.

"Mamlakatimiz 2023-yilda quvvati 2400 megavatt bo‘lgan birinchi Belarus atom elektr stansiyasini ishga tushirdi. Mamlakatda iste’mol qilinadigan barcha elektr energiyasining qariyb 40 foizi ushbu AESda ishlab chiqariladi. Belarus AES qurilishida muvaffaqiyatli o‘zini ko‘rsatgan kompaniyalar "Rosatom" davlat korporatsiyasining xorijdagi qo‘shma loyihalarida faol ishtirok etmoqda. Ishonchim komilki, belaruslar O‘zbekistonda AES qurilishda ishtirok etishlari mumkin", —  dedi Belarus Respublikasi energetika vaziri Denis Moroz.

Agentlik delegatsiyasi "Belenergo" Davlat ishlab chiqarish birlashmasi dispetcherlik xizmatining markaziy boshqaruv shiti faoliyati bilan tanishdi. Markaziy boshqaruv shiti Belorusning butun hududida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash rejimlarini tunu kun markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlaydi, respublikaning barcha elektr stansiyalari, podstansiyalari va energiya tizimlarining harakatlarini muvofiqlashtiradi.

Tashrif dasturida Belarus AESga tashrif buyurish, BelAES o‘quv-mashg‘ulot markazi bilan tanishish, hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar va amaliy maslahatlashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling