Oylik, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident farmoni bilan 2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyalar, nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari 10 foizga oshiriladi.
1. Yoshga doir eng kam pensiya 918 ming so‘m, nogironlik pensiyasi 1 million 12 ming so‘mni tashkil etadi.
2. Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
• 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun — 360 000 so‘m,
• 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun — 275 000 so‘m,
• oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 165 000 so‘m;
• oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha — 110 000 so‘m;
3. Kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori 420 000 so‘m etib belgilandi.
2025 yil 1 avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshirilishi belgilandi.
Yaʼni, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming so‘mdan 1 mln 271 ming so‘mga oshirildi.
2025 yil 1 avgustdan bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilandi — prezident farmoni