Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Moliya 19/02/2025 OTB O‘zbekistonda suv sektorida raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi

OTB O‘zbekistonda suv sektorida raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston Hukumatining suv resurslarini boshqarish sektorini modernizatsiya qilish, suv xavfsizligini yaxshilash va mamlakatda xavfsiz va ishonchli suv taʼminotidan foydalanish imkoniyatini oshirish borasidagi saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 125 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishini maʼqulladi.

Iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda suv resurslarini aqlli boshqarishni yaxshilash loyihasi aktivlarni boshqarishni va xizmatlarni ko‘rsatish barqarorligini yaxshilash, shuningdek, milliy suv taʼminoti korxonasi xodimlarining institutsional salohiyatini oshirish imkonini beradi.  Bu, shuningdek, qarorlarning yana-da samarali qabul qilinishiga va suv resurslarini boshqarish va energiyadan foydalanish samaradorligini yaxshilashga olib keladi va shu tarzda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatishga yordam beradi.

«O‘zbekistondagi suv resurslari iqlim o‘zgarishi va samarasiz foydalanish tufayli jiddiy tahdid ostida», - dedi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi Direktori Kanokpan Lao-Araya. «OTB loyihasi O‘zbekistonda uglerod izini kamaytirish uchun suvdan foydalanishni yaxshilash, energiya sarfini kamaytirish va operatsion samaradorlikni oshirish uchun suvni boshqarishning aqlli tizimlarini joriy etadi».

OTB loyihasi “O‘zsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati (milliy suv taʼminoti korxonasi) va uning hududiy filiallariga mamlakat bo‘ylab asosiy suv isteʼmoli obyektlarida suv sarfini hisobga olish va telemetriya tizimini o‘rnatishni yakunlashda yordam beradi.   Loyiha doirasida butun suv taʼminoti va oqava suv infratuzilmasi, shu jumladan taxminan 4 million mijoz ulanishlari uchun aktivlar inventarizatsiya qilinadi va joylarda geografik xaritalash ishlari amalga oshiriladi.

Kommunal xizmatlarni IT asosida iqlimga moslashgan boshqarish tizimlarining integratsiyalangan paketi ishga tushiriladi va bu o‘z ichiga milliy suv taʼminoti korxonasi xodimlariga tegishli o‘quv kurslarini oladi. Loyiha, shuningdek, mijozlar markazlari faoliyatini yangi moliya boshqaruvi dasturiy taʼminotini taqdim etish orqali yaxshilash imkonini beradi, bu esa xalqaro standartlarga asoslangan shaffof moliyaviy hisobotlarni yaratish imkonini beradi.

Loyiha ekspluatatsion xarajatlarni qisqartirish, ishchi kuchi samaradorligini oshirish, shuningdek, mijozlar bilan o‘zaro aloqalar va qoniqishni yaxshilash uchun o‘zgartiruvchi raqamli yechimlar va texnologiyalarni joriy etishga yordam beradi.

Bu yil OTB va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida hamkorlik boshlanganiga 30 yil to‘ldi.  O‘zbekiston Respublikasi OTBga  1995 yilda aʼzo bo‘lgandan beri bank mamlakatga jami 14,3 mlrd. AQSH dollari miqdorida davlat sektori qarzi, grant va texnik ko‘mak taqdim etgan.

OTB o‘ta qashshoqlikka barham berish bo‘yicha saʼy-harakatlarini davom ettirib, rivojlangan, keng qamrovli va barqaror Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga erishishga intiladi.  OTB 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga 69 mamlakat aʼzo bo‘lgan. Ularning 49 tasi mintaqada joylashgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling