Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 27/02/2025 Ortiqcha undirilgan soliq summasini hisoblash tartibi soddalashtirilgan

Ortiqcha undirilgan soliq summasini hisoblash tartibi soddalashtirilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mazkur loyiha bilan Soliq kodeksiga ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq to‘lovchining boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlari uchun hisobga olish tartibini soddalashtirish, ayrim toifadagi shaxslarga soliq imtiyozlarini taqdim etish hamda soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Majlisda deputatlar qonun loyihasida soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda ularning qonuniy manfatlarini himoya qilish borasidagi huquqiy asoslar takomillashtirilayotganini alohida qayd etdilar.

Shuningdek, Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarni rag‘batlantirish hamda qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanishga qaratilgan soliq ma’murchiligi yanada kuchaytirilayotgani ta’kidlandi.

Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi soliq to‘lovchilarga qulay shart-sharoit yaratishda, ijtimoiy himoya qilish tizimini, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling