Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 26/02/2025 OKMK: Jizzaxda Yangi ohak zavodining qurilishi boshlandi

 OKMK: Jizzaxda Yangi ohak zavodining qurilishi boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 25-fevral kuni Jizzax viloyatida “Yoshlik-I” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi doirasida Yangi ohak zavodini qurilishiga start berildi.

Tadbirda OKMK rahbariyati, Jizzax viloyati hokimligi mas’ullari, pudrat tashkiloti rasmiy vakillari, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.

Ushbu Ohak zavodi 1-, 2-, 3- va 4-mis boyitish fabrikalari, mis eritish zavodlari, rux zavodi, Angren, Chodak hamda Xondiza kon boshqarmalarini texnologik jarayonlari uchun zarur bo‘lgan reagent - ohak bilan ta’minlaydi.

Zavod sutkasiga 2200 tonna, yiliga 737 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi, korxona ishga tushishi natijasida 323 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling