Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Texnologiyalar 20/06/2025 OIIB O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin

OIIB O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida Osiyo infratuzilma va investitsiyalar banki (OIIB) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish va ushbu yo‘nalishda istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, raqamli sohada faoliyat yuritayotgan xalqaro kompaniyalar bilan amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari sohasida olib borilayotgan islohotlar, raqamli iqtisodiyotdagi ustuvor yo‘nalishlar, soliq imtiyozlari, yosh mutaxassislar uchun yuqori malakali ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan davlat dasturlari hamda mamlakatning turli hududlarida raqamli xizmatlarga bo‘lgan imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling