Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 11/04/2025 ODDO BHF O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishi bo‘yicha qo‘shma loyihalardan manfaatdor

ODDO BHF O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishi bo‘yicha qo‘shma loyihalardan manfaatdor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 10-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyevning ODDO BHF Group xalqaro savdo departamenti hamraisi Zuzana Frans bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar Oʻzbekistonda hamkorlikni kengaytirish va qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga bag'ishlandi.

Oʻzbekiston tomoni ishonchli hamkorlar tomonidan kredit va investitsiya resurslarini jalb qilib amalga oshirish uchun puxta ishlab chiqilgan 139 ta investitsiya loyihasini taqdim etdi.

ODDO BHFning ushbu tashabbuslarda ishtirok etishi mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shishi mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling