Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 21/05/2025 Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi

Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Ushbu hujjat mamlakat Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksi 135-moddasiga odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

Unga ko‘ra, odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda sodir etganlik:

5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Ilgari mazkur jinoyat uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Shuningdek, ushbu jinoyat jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa:

10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutildi.

Ilgari mazkur jinoyat uchun 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling