Oʻzbekiston va Tamam International investitsiya loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 31-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Qatarning yirik investitsiya kompaniyasi — Protocol Capital Group ijrochi raisi Ahmad Abdulla Al-Jufayri bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Protocol Capital Group — 4 milliard AQSh dollaridan ortiq aktivlarga ega bo‘lgan, 34 dan ortiq mamlakatda mingdan ziyod loyihalarni amalga oshirgan, yirik investitsiya kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya ko‘chmas mulk, neft-gaz sanoati, suvni saqlash va havoni sovutish tizimlari, qurilish materiallari va po‘lat ishlab chiqarish, hamda farmatsevtika sanoatiga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Qatar tomoniga O‘zbekistonda yaratilgan investitsion muhitning amaliy jihatlari hamda istiqbolli loyihaviy takliflar taqdim etildi.
Ahmad Al-Jufayri O‘zbekiston bilan sheriklikning katta salohiyatini e’tirof etib, energetika, uy-joy qurilishi, transport, logistika va IT sohalarida loyihalarga sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi. Raqamlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish, barqaror o‘sishga xizmat qiluvchi takliflarni ishlab chiqish yo‘lida hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.