Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 26/05/2025 Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar kengashi yigʻilishida yangi sarmoyaviy loyihalarni muhokama qildi

Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar kengashi yigʻilishida yangi sarmoyaviy loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida videokonferensiya tarzida O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux Gulamov, ACWA Power direktorlar kengashi raisi va Ishbilarmonlar kengashi hamraisi Muhammad Abunayan hamda ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida turli sohalarda, jumladan, transport va avtomobil infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish, turizmni va sogʻliqni saqlashni kabi sohalarda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tegishli tashkilotlar vakillari xorijiy tomonni mamlakatimizda yaratilgan investitsiya sharoitlari, shuningdek, hududlar va tarmoqlar imkoniyatlarini tahlili natijalari ishlab chiqilgan yuqori sof joriy qiymatga va kelajakda ko‘lamini kengaytirish imkoniyatlariga ega istiqbolli investitsiya loyihalari bilan tanishtirdilar.

"Yashil energetika" sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. O‘zbekistonning strategik investori bo‘lgan ACWA Power kompaniyasi mamlakatda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda.

Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlatni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish istagini tasdiqlovchi muhim qadam bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling