Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
O‘zbekiston 22/05/2025 Oʻzbekiston va Avstriya togʻ-kon sanoatiga sarmoya kiritish va taʼlim loyihalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston va Avstriya togʻ-kon sanoatiga sarmoya kiritish va taʼlim loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 20-may kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Avstriya Moliya vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Kon-geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari O. Nasritdinxodjayev, va vazirlik mutasaddilari, Avstriya Moliya vaziri o‘rinbosari Andreas Rayxxardt boshchiligidagi delegatsiya vakillari O‘zbekistonda konchilik sohasida olib borilayotgan islohotlar va investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, Avstriya kompaniyalari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, Geologiya fanlari universiteti bilan ta’lim dasturlarini amalga oshirish, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ loyihalari, Avstriyaning ASMAG va boshqa yirik texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan Mahalliylashtirish markazi hamkorligini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling