Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 20/05/2025 Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Vengriya kompaniyasi bilan sabzavot urugʻi yetkazib berish va hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Vengriya kompaniyasi bilan sabzavot urugʻi yetkazib berish va hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni paytda Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov “ZKI LTD” kompaniyasi rahbari Róbert Laczkó bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida O‘zbekistonga sabzavot urug‘larini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar olib borildi.

Tomonlar bu boradagi hamkorlikni ilmiy-tadqiqot institutlari va fermerlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkil etish yanada tezkor va samarali natijalarga olib kelishini alohida ta’kidladilar. 

Qayd etish joizki, hozirgi kunda Vengriyaning “Agrocontinet”, “Agrohouse” va “Caravex” kompaniyalari bilan O‘zbekiston bozoriga qovun, tarvuz, bodring, qalampir, makkajo‘xori, loviya kabi ekinlar urug‘larini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 

Suhbat davomida ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan istiqbolli takliflar bildirildi va kelgusida amalga oshiriladigan keng ko‘lamli loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling