Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston konchilik vaziri Henan Investment Group rahbariyati bilan investitsiyalarni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 27-may kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov hamda vazirlik mutasaddilari Henan Investment Group Co., Ltd. kompaniyasi bosh direktori Zhu Hongbing boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Tadbirda kompaniya tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan tog‘-kon sanoati va geologiya sohasiga investorlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Henan Investment Group Co., Ltd. vakillari sohaning investitsion jihatdan jozibadorligi, geologiya qidiruv ishlari va metallurgiya yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladilar.