Namangan hokimi qonunga xilof o‘rnatilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi kameralarni olib tashlashni talab qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan shahri hokimi Anvar Otaxo‘jayev viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Mansur G‘oziyev nomiga murojaatnoma yo‘llab, qonunga xilof ravishda o‘rnatilgan foto va video radarlarni demontaj qilishni so‘radi.
Hujjatda taʼkidlanishicha, aholi bilan uchrashuvlar davomida avtomatik kameralar tomonidan qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi uchun jazolardan norozilik bildirish holatlari ko‘paymoqda. Ayniqsa, ayrim ushbu uskunalar meʼyoriy talablarga zid ravishda — binolar tomida va shahar hamda tuman obodonlashtirish xizmati balansini tashkil etuvchi ko‘cha yoritish ustunlariga o‘rnatilgani qayd etilgan.
«Bunday kameralar orqali qoidalar buzilishini qayd etish namanganliklarga nafaqat moddiy, balki maʼnaviy zarar ham yetkazmoqda», — deyiladi murojaatda.
Anvar Otaxo‘jayev Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida o‘rnatilgan bunday kameralarni tizimdan chiqarishni, ular orqali jarima qo‘llashni to‘xtatishni va bu uskunalardan faqat yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida foydalanishni taklif etdi.