Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Moliya 03/04/2025 Moody's “Octobank“ga B3 reytingini berdi

Moody's “Octobank“ga B3 reytingini berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro reyting agentligi Moody's “Octobank“ga barqaror prognozli uzoq muddatli B3 kredit reytingini berdi.

Agentlik 2024 yil yakunlariga ko‘ra “Octobank“ moliyaviy ko‘rsatkichlarini yuqori deb baholadi. Bankning sof foydasi 144 mlrd so‘mni tashkil etdi, aktivlar rentabelligi 4,8% ni, aktivlarning 80% dan ortig‘i esa likviddir.

Moody’s’ning prognozlariga ko‘ra, bankning moliyaviy ahvoli yaqin 12-18 oy ichida barqaror bo‘lib qoladi. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mijozlar bazasini kengaytirish va joriy ko‘rsatkichlarni saqlab qolishni hisobga olgan holda bank reytingi oshirilishi mumkin.

“Octobank“ O'zbekiston bozorida 20 yildan ortiq tajribaga ega universal xususiy bank hisoblanadi. Bank raqamli infratuzilmasini faol rivojlantirmoqda va 3 mlndan ortiq jismoniy shaxslarga va 2500 dan ortiq korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

#Moody’s  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling