Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 04/05/2025 Moliyaviy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi belgilandi

Moliyaviy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori (279-son, 29.04.2025 y.) bilan “Moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi to‘g‘risida” gi nizom tasdiqlandi

Nizom vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari) faoliyatidagi moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida xavflar Xavflarni boshqarish qo‘mitasi tomonidan boshqariladi.

Xavflar quyidagi tartibda baholanadi:

- xavf taʼsirini aniqlash;

- xavf ehtimolini aniqlash;

- xavf taʼsiri va ehtimoli natijalarini o‘zaro bir-biriga ko‘paytirish orqali xavf darajasini hisoblash.

Xavf taʼsirini aniqlashda quyidagi omillarga belgilangan mezonlar asosida 1 - 3 ball beriladi:

- xavfni boshqarish bo‘yicha tashkilot nazorati;

- tashkilotning ushbu xavf yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan funksiyasining avtomatlashgani;

- xavfning yuzaga kelishida normativ-huquqiy hujjatlardagi bo‘shliqlarning mavjudligi.

Bunda 3 ball tegishli xavf taʼsirining eng yuqori darajasini va 1 ball eng past darajasini bildiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling